Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

«Grand Theft Auto VI» 1,65 mlrd dollarlik oldindan buyurtma yigʻdi

SensorTower maʼlumotlariga koʻra, Grand Theft Auto VI chiqishidan oldin 17 mln dan ortiq nusxaga umumiy qiymati 1,65 mlrd dollar boʻlgan oldindan buyurtmalar rasmiylashtirilgan.

19-noyabr, 19:51
roadandtrack.com

Buyurtmalarning katta qismi — 75 foizi — oʻyinning PlayStation 5 versiyasiga toʻgʻri kelgan. Yana 25 foiz buyurtmani Xbox Series X|S konsollari egalari bergan.

Oldindan buyurtmalar besh oy oldin boshlandi. Dastlab ularning soni asta-sekin oshdi, biroq soʻnggi haftalarda oʻsish surʼati sezilarli darajada tezlashdi.

Grand Theft Auto VI 13 yil davom etgan tanaffusdan keyin seriyaning navbatdagi qismiga aylandi. Oʻyin haqidagi dastlabki fikrlar ijobiy boʻldi, uning chiqishi esa 19 noyabrda yuz berdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media