CATL Xitoy tortish akkumulyatorlari bozoridagi yetakchiligini mustahkamladi
2026-yil oktabr oyida Xitoyda elektromobillar uchun akkumulyator oʻrnatish hajmi rekord darajadagi 99,4 GVt·soatga yetdi. Bunda bozorning 61 foizdan koʻprogʻi ikki yirik ishlab chiqaruvchi — CATL va BYD — hissasiga toʻgʻri keldi.

CATL 39,6 GVt·soatlik oʻrnatish hajmi va 40 foizlik bozor ulushi bilan yetakchilikni saqlab qoldi. Yetkazib berishlar sentabrga nisbatan 11,6 foizga oshganiga qaramay, kompaniyaning bozor ulushi 0,93 foiz bandiga qisqardi.
BYD 21,14 GVt·soatlik koʻrsatkich va 21,36 foizlik ulush bilan ikkinchi oʻrinni egalladi. Uning bozordagi mavqei 0,26 foiz bandiga mustahkamlandi. Ikki yirik ishlab chiqaruvchi oʻrtasidagi tafovut ketma-ket beshinchi oy qisqarib bormoqda.
CALB 8,64 foizlik ulush bilan uchinchi oʻrinni egalladi, Gotion High-tech esa Eve Energyʼdan oʻzib, toʻrtinchi pogʻonaga koʻtarildi.
Litiy-temir-fosfat akkumulyatorlari (LFP) segmentida ayniqsa sezilarli oʻsish kuzatildi. Barcha oʻrnatishlarning 86,9 foizi, yaʼni 86,3 GVt·soat, shu turdagi akkumulyatorlar hissasiga toʻgʻri keldi. Yillik hisobda bu koʻrsatkich 27,8 foizga oshdi.




