Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 010,45EUR 13 200,69RUB 145,64Chorshanba, 18-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

YI neft tashuvchilar va Rossiya nefti xaridorlariga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Yevropa Ittifoqi 16 noyabr kuni Rossiya nefti va neft mahsulotlarini tashish, sotish hamda sugʻurtalash bilan bogʻliq deb hisoblagan kompaniya va shaxslarni sanksiyalar roʻyxatiga kiritdi.

18-noyabr, 01:57
Rangan Datta Wiki / Wikimedia Commons

Roʻyxatning dengiz tashuvlariga oid qismidan Lynx Ship Management, Serpentine Marine, Stalwart Shipmanagement, Grace Shipmanagement va Greenlight Shipmanagement kompaniyalari oʻrin oldi. YI bir qator kompaniyalarga nisbatan Rossiya xomashyosini tashishda ishtirok etish hamda tartibga soluvchi organ xavfli deb hisoblaydigan usullardan foydalanishni asos sifatida keltirdi. Jumladan, YI Kengashi North Fleet Rossiya neftini, shu jumladan tankerlar oʻrtasida qayta yuklash orqali tashiydigan kemalarga egalik qilishi va ularni boshqarishini qayd etdi.

Neft treyderlari orasidan BAAda roʻyxatdan oʻtgan Amur Investments, Barrelion Trading, Imperium Trading, Linglong Trading Group va Trade X Middle East, shuningdek, Gonkongda roʻyxatdan oʻtgan Guron Trading kompaniyalari cheklovlarga uchradi. Sanksiyalar roʻyxatiga Rossiyaning «Balans Straxovaniye» kompaniyasi ham kiritildi. YI asoslariga koʻra, bu kompaniya Rossiya neftini tashigan Garuda tankerini sugʻurtalagan.

Cheklovlar Igor Konfino, Daniil Mosin va Sergey Gribga ham taalluqli boʻldi. YI Kengashi maʼlumotlariga koʻra, Konfino va Mosin White Agate Marine, Serpentine Marine va Citrine Marine kompaniyalarini boshqaradi. Bu kompaniyalarga Rossiya nefti va neft mahsulotlarini tashiydigan bir nechta kemalar tegishli. Hujjatda qayd etilishicha, Grib neft treyderi Omega Energy va kemalar operatori Legacy Marine kompaniyalariga egalik qiladi.

Neftga oid sanksiyalar YI Kengashining kengroq qarorining bir qismiga aylandi. Umuman, 16 noyabr kuni roʻyxatga 12 kishi va 101 ta tashkilot, jumladan, bank, moliya va energetika sektorlari vakillari kiritildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media