Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 010,45EUR 13 200,69RUB 145,64Chorshanba, 18-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

30 yil ichida ob-havo bilan bogʻliq ofatlar jahon iqtisodiyotiga 4,7 trln dollar zarar yetkazdi

Shu davrda 916 mingdan ortiq odam halok boʻldi. Bunday maʼlumotlar Germaniyaning Germanwatch tashkiloti tayyorlagan va BMTning COP31 iqlim konferensiyasida taqdim etilgan 2027-yilgi Iqlim xavflari indeksida (Climate Risk Index) keltirilgan.

18-noyabr, 01:18
belta.by

Ofatlarning eng ogʻir oqibatlari rivojlanayotgan mamlakatlarda qayd etilgan. Reytingning dastlabki uch pogʻonasini Dominika, Myanma va Gonduras egalladi. Yevropa davlatlari orasida Italiya, Fransiya, Gretsiya va Ispaniya ayniqsa katta zarar koʻrdi: jazirama toʻlqinlari, suv toshqinlari va boshqa ekstremal ob-havo hodisalari taʼsiri tufayli ular reytingning kuchli yigirmataligidan joy oldi.

Germaniya 34-oʻrinni egalladi. Koʻrib chiqilgan davrda ob-havo bilan bogʻliq ofatlar mamlakatda 33 mingdan ortiq kishining hayotiga zomin boʻlgan, inflyatsiya hisobga olingan toʻgʻridan-toʻgʻri moddiy zarar esa qariyb 133 mlrd dollarni tashkil etgan.

Tadqiqot mualliflari eng kambagʻal mamlakatlarning haqiqiy talafotlari rasmiy baholardan yuqori boʻlishi mumkinligini taʼkidlaydi. Bunga tabiiy ofatlar oqibatlarining yetarlicha hisobga olinmasligi sabab boʻladi. Jumladan, Global Janub mamlakatlarida statistik maʼlumotlarda jiddiy boʻshliqlar mavjud, ayniqsa jazirama toʻlqinlari paytida yuz bergan oʻlimlarni qayd etishda.

Germanwatch, shuningdek, indeks ekstremal ob-havo hodisalarining oqibatlarini aks ettirishini, biroq zararning qanchasi bevosita iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliqligini aniq belgilash imkonini bermasligini qayd etadi. Ekspertlar iqlim oʻzgarishiga moslashish uchun xalqaro moliyalashtirishni kuchaytirishga va iqlimiy xavflarga eng zaif davlatlarni qoʻllab-quvvatlashga chaqirmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media