Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 010,45EUR 13 200,69RUB 145,64Chorshanba, 18-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Robert Pattinson yangi Jeyms Bond rolini ijro etadi

Amazon MGM Studios Robert Pattinson franshizaning navbatdagi filmida Jeyms Bond rolini ijro etishini tasdiqladi. Rejissyor Denis Vilnyov boʻladi.

17-noyabr, 20:06
nme.com

Studiya, shuningdek, Pattinsonning maxfiy agent rolidagi ilk qiyofasini namoyish etdi. U 2021-yil oxirida «Oʻlishga vaqt yoʻq» filmidan soʻng Bond obrazidagi chiqishlarini yakunlagan Deniel Kreygning oʻrnini egallaydi.

Amazon mart oyida fransiza ustidan nazoratni qoʻlga kiritdi, may oyida esa 007 roliga yangi ijrochini izlash allaqachon boshlanganini tasdiqladi. Soʻnggi haftalarda daʼvogarlar orasida Jeykob Elordi, Jek Louden, Kallum Tyorner, Josh OʻKonner va Nikolas Xolt borligi xabar qilingandi.

Yangi film josuslik turkumining 26-qismi boʻladi. Ssenariyni «Oʻtkir qalpoqchalar» ijodkori Stiven Nayt yozadi. Prodyuser Emi Paskal avvalroq Amazon MGM Studios aktyor tanlovini Kreygning oʻrnini bosish qiyin boʻlgani sababli «juda, juda puxta» oʻtkazganini aytgandi.

Vilnyov Pattinsonni Bond rolida qarshi olishdan xursand ekanini bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, aktyor «007 ning zamonlar osha yashab kelayotgan ruhini» personaj uchun yangicha ruh bilan uygʻunlashtiradi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media