Tramp Jensen Huang Nvidia rahbari lavozimiga qaytishiga qarshi emas
AQSh prezidenti Donald Tramp Jensen Huangning Nvidia rahbari lavozimiga qaytishiga qarshi emasligini aytdi. Huang payshanba kuni Elis Huang atrofidagi mojaro fonida lavozimlarini tark etdi.
17-noyabr, 20:29

The White House / Wikimedia Commons
Vashingtonda jurnalistlarga gapirar ekan, Tramp Huang «saboq chiqarganini» aytdi. Prezident, shuningdek, Elis Huang Xitoy razvedkasi uchun ishlamagan boʻlishi mumkinligini bildirdi: uning soʻzlariga koʻra, uning josus boʻlganini hech kim isbotlamagan.
Payshanba kuni Huang Nvidia kompaniyasining bosh ijrochi direktori va prezidenti lavozimlarini tark etdi, shuningdek, direktorlar kengashini ham tark etdi. OAV yozishicha, Elis Huang Xitoyga ilgʻor chiplar yetkazib berish taqiqini chetlab oʻtish uchun XXR razvedkasi uchun ishlagan boʻlishi mumkin.




