Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Jensen Huang isteʼfodan keyin Nvidiaʼga qaytishi mumkin

Bunga Ilon Mask, Uber hammuassisi Travis Kalanick, shuningdek, Altimeterʼdan investor Brad Gerstner va Atreidesʼdan Gavin Baker chaqirmoqda

16-noyabr, 12:05

Nvidia aksiyalari juma kuni $162.85 narxda yopildi — bu 6-oktabrda qayd etilgan rekord koʻrsatkichdan 31.9% past. Seshanba kuni kompaniya oʻz natijalari haqida hisobot berishi kerak va bu hisobot direktorlar kengashining Huang boʻyicha qaroridan qatʼi nazar, kotirovkalarga taʼsir qilishi mumkin.

Noaniqlik fonida mustaqil tergov faktlarni aniqlayotgan bir paytda Huangni qaytarishga chaqiruvchi ochiq xat paydo boʻldi. Uni, jumladan, Ilon Mask va Uber hammuassisi Travis Kalanick qoʻllab-quvvatladi. Altimeterʼdan investor Brad Gerstner va Atreidesʼdan Gavin Baker ham kengashni barcha variantlarni koʻrib chiqishga chaqirdi.

Taniqli rahbarlarning kompaniyaga qaytishi avval ham kuzatilgan. Stiv Jobs Appleʼga yana rahbarlik qildi, Larri Peyj Googleʼga, Govard Shults Starbucksʼga, Charlz Shvab Charles Schwabʼga, Bob Ayger esa Disneyʼga qaytdi. Bu holatlarning aksariyatida aksiyalar keyinchalik S&P 500 indeksidan yuqori natija koʻrsatdi, biroq Disney natijasi bozor koʻrsatkichidan past boʻldi.

Eng yorqin misol Apple boʻlib qolmoqda: Jobs qaytgan paytda kiritilgan $10 000 miqdoridagi sarmoya keyinchalik $18.6 mln gacha oshdi. Hisob-kitobda dividendlar hisobga olinmagan, faqat aksiyalar narxining oʻzgarishi inobatga olingan. Shu bilan birga, rahbarning qaytishi eʼlon qilinganidan keyin kotirovkalarning tez oʻsishi kompaniyaning keyingi muvaffaqiyatini kafolatlamagan. Huang ham, Nvidia ham uning haqiqatan qaytishini tasdiqlamadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media