Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Aktyor Frenki Muniz AQShdagi avtopoyga paytida avariyaga uchradi

«Malcolm diqqat markazida» seriali orqali tanilgan amerikalik aktyor Frenki Muniz Floridadagi poyga trassasida avariyaga uchradi. 40 yoshli aktyor kasalxonaga olib borildi, deb xabar bermoqda E! News.

13-noyabr, 14:43

Avariya 11 noyabr kuni Deytonadagi trassada sodir boʻldi. Muniz u yerda amerikalik faxriylar sharafiga oʻtkaziladigan xayriya poygasiga tayyorgarlik koʻrayotgan edi. Toʻqnashuvdan soʻng aktyor musobaqada qatnasha olmadi.

Uning poyga jamoasi vakillari Muniz hushida qolganini maʼlum qildi. Kasalxonada u tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi va keyin uyiga chiqarildi.

Aktyorning oʻzi biroz ogʻriq sezayotganini, biroq jiddiy jarohatlardan qutulib qolganini aytdi. U shifokorlarga minnatdorlik bildirdi va avariya vaqtida avtomobil uni yaxshi himoya qilganini taʼkidladi.

Frenki Muniz «Malcolm diqqat markazida» komediya serialidagi bosh roli tufayli mashhur boʻlgan. U, shuningdek, «Agent Kodi Benks» filmlarida rol ijro etgan. Soʻnggi yillarda aktyor professional avtopoygalar bilan shugʻullanib kelmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media