Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Madaniyat

HBOʻdan «Garri Potter» seriali: yangi posterlar, aktyorlar, premyera sanasi va syujet tafsilotlari

HBO Garri, Ron va Germiona aks etgan «Garri Potter» serialining yangi posterlarini chiqardi. Birinchi qismning premyerasi 2026-yil 26-dekabrga rejalashtirilgan.

10-noyabr, 15:16
x.com · Wizarding World Direct

Posterlarda qahramonlar sehrli tayoqchalar bilan tasvirlangan. Ularning rollarini aktyorlar Dominik Maklaflin, Arabella Stenton va Alaster Staut ijro etadi.

«Garri Potter» seriali posteri / foto: HBO
«Garri Potter» seriali posteri / foto: HBO
Manba: x.com - Wizarding World Direct
«Garri Potter» seriali posteri / foto: HBO
«Garri Potter» seriali posteri / foto: HBO
Manba: x.com - Wizarding World Direct
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
«Garri Potter» seriali posteri / foto: HBO
«Garri Potter» seriali posteri / foto: HBO
Manba: x.com - Wizarding World Direct

Birinchi mavsum J. K. Roulingning «Garri Potter va Falsafa toshi» kitobi asosida suratga olinadi. Syujet markazida sehrgarlar olamiga mansubligini kutilmaganda bilib qolgan 11 yoshli Garri Potter turadi.

Ssenariy uchun avval «Merosxo‘rlar» seriali ustida ishlagan ssenariynavis Franseska Gardiner mas’ul. Yaqin vaqt ichida «Maxfiy xona» kitobi ekranizatsiyasi bo‘lgan ikkinchi mavsum suratga olish ishlari boshlanishi kerak.