Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Yevropa yetakchilari Rossiya bilan muzokaralar uchun vakil tayinlash istiqbolini muhokama qiladi

13 noyabr kuni Dublinda boʻlib oʻtadigan Yevropa Ittifoqining norasmiy sammitida yetakchilar Ukraina masalasini tartibga solish boʻyicha Rossiya bilan muzokaralar olib boradigan vakil lavozimini tashkil etish gʻoyasini muhokama qiladi, deb yozadi EUobserver.

12-noyabr, 22:31

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yetakchilari 13 noyabr kuni Irlandiyaning Dublin shahrida boʻlib oʻtadigan norasmiy sammitda muzokarachining mumkin boʻlgan vakolatlari va yangi lavozim formatini muhokama qiladi. YI manbalariga koʻra, Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta bunday muhokamani tashkil etishga rozi boʻlgan.

Lavozimga aniq nomzodlar dekabr oyidayoq koʻrib chiqilishi mumkin. Avvalroq Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Koshtani Rossiya bilan ehtimoliy muzokaralarda butun Yevropa Ittifoqi nomidan chiqish qilishi mumkin boʻlgan vakilni tanlab olishni taʼminlashga chaqirgan edi. U nomzodni Dublinda muhokama qilishni, tanlovni esa 17–18 dekabr kunlari boʻlib oʻtadigan YI sammitida tasdiqlashni taklif qilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media