Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Buyuk Britaniya Shimoliy Atlantikadagi suvosti kabellarini himoya qilishga 90 mln funt sterling ajratadi

Dauning-strit xabariga koʻra, mablagʻ Britaniya harbiy-dengiz kuchlari uchun dronlar, sensorlar va sunʼiy intellekt tizimlariga sarflanadi.

10-noyabr, 19:31
Republish · Emanuel Haas, Unsplash

Ushbu paket «Atlantika bastioni» dasturiga kiritiladi. Rejaga koʻra, harbiy-dengiz kuchlari dushman suvosti kemalarini kuzatib boradi hamda dengiz tubidagi hayotiy muhim obyektlarning uzoqqa choʻzilgan tarmogʻini, jumladan aloqa kabellari va energetika liniyalarini qoʻriqlaydi.

Loyiha doirasida hukumat, shuningdek, Gempshir grafligidan Ocean Infinity Solutions kompaniyasi bilan shartnoma tuzadi. Kompaniya dengiz robototexnikasi bilan shugʻullanadi. Hukumat bahosiga koʻra, bitim qariyb 200 ta ish oʻrni yaratadi va Britaniya iqtisodiyotining mudofaa sanoatini qoʻllab-quvvatlaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media