Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

XVJ Oʻzbekiston iqtisodiyoti oʻsishi prognozini 7,8 foizgacha oshirdi

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti (YAIM) oʻsishining 2026 yilgi prognozini 6,8 foizdan 7,8 foizgacha oshirdi. 2027 yilda oʻsish surʼati 6,5 foizgacha sekinlashishi kutilmoqda.

16-noyabr, 17:34

Yangilangan baholarni XVJ vakili Koba Gvenetadze Markaziy bankdagi uchrashuvda taqdim etdi. Uning soʻzlariga koʻra, prognoz iqtisodiyotning toʻqqiz oy yakunidagi koʻrsatkichlari kutilganidan yuqoriroq boʻlgani sababli oshirilgan.

Yanvar–sentabr oylarida mamlakat YAIMi 8,3 foizga oʻsdi, oltin hisobga olinmagan eksport esa 32 foizga oshdi.

XVJ inflyatsiya surʼatlari sekinlashganini ham qayd etdi. Oktyabr oxiriga kelib, inflyatsiya yillik hisobda taxminan 6,5 foizgacha pasaydi. Jamgʻarma 2027 yil uchun bu koʻrsatkichni 5 foiz darajasida prognoz qilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

16 noyabr kuni Oʻzbekistonda XVJ missiyasi ish boshladi. Yangilangan baholarni oy oxirida taqdim etish rejalashtirilgan.

Jamgʻarma ekspertlarining fikricha, qulay iqtisodiy vaziyat islohotlarni davom ettirish, raqobatbardoshlikni oshirish va yangi ish oʻrinlari yaratish uchun sharoit yaratmoqda.