Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Siyosat

Xitoy Si Szinpin, Tramp va Putinning ilk sammitini tasdiqladi

Xitoy, AQSh va Rossiya yetakchilarining uchrashuvi payshanba kuni APEC sammiti doirasida Shenchjenda boʻlib oʻtadi

16-noyabr, 14:51

Xitoy tomonining tasdigʻi Moskva va Vashington bayonotlaridan keyin yangradi. XXR raisi Si Szinpin, AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi uchala yetakchining ilk qoʻshma sammiti boʻladi.

Evercore ISI kompaniyasining Xitoy boʻyicha bosh strategisti Neo Van baholashicha, muzokaralarga kun tartibidagi tafovut toʻsqinlik qilishi mumkin. Oq uy asosiy eʼtiborni yadroviy qurollarni qisqartirish hamda AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushiga qaratmoqchi. Kutilishicha, Tramp Ukraina masalasini koʻtarmaydi, garchi Moskva uni asosiy mavzulardan biri deb hisoblasa ham.

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov avvalroq Shenchjendagi muzokaralar Ukrainadagi urushni yakunlash boʻyicha kelishuvga erishish yoʻlidagi diplomatik saʼy-harakatlarni davom ettirishini aytgan edi. Shu bilan birga, Xitoy rasmiy kun tartibiga qaysi masalalarni kiritishini maʼlum qilmadi. Ukraina hududlari, xavfsizlik kafolatlari yoki Rossiyaga qarshi sanksiyalar boʻyicha qoʻshma bayonot berilishi ekspertlar nazarida ehtimoldan yiroq.

Uchrashuvda AQSh va Xitoy oʻrtasidagi savdo munosabatlari ham muhokama qilinishi mumkin. Amaldagi savdo sulhi yanvarda yakunlanadi, tahlilchilar esa asosan uning muddatini uzaytirish kutilayotganini bildirmoqda. Bundan tashqari, tomonlar savdo munosabatlarining yanada barqaror modeliga oʻtish imkoniyatini baholashlari mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media