Oʻzbekiston boʻyicha 6−9 oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi
Harorat 7−9 oktabrda kunduzi 20−25 darajagacha koʻtariladi, Toshkentda esa 22−25 daraja boʻladi, deya xabar berdi Oʻzgidromet.
5 oktabr kuni mamlakatning katta qismida havo quruq va iliq boʻladi, Fargʻona vodiysi viloyatlarida esa vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi.
Sharqdan esadigan shamol tezligi 7−12 m/s boʻladi. Fargʻona vodiysida u ayrim joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Togʻoldi va togʻli hududlarda yomgʻir, baland togʻlarda esa qor yogʻishi ehtimoli bor; ayrim joylarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.
Reklama
ReklamaReklama beruvchilar uchun
Birlamchi manba: O‘zgidromet
Material quyidagi nashr asosida tayyorlandi: Gazeta.uz UZ

