Jensen Huangning qaytishi: Tramp qarshi emas, Mask tarafdor, Nvidia esa qarshi
AQShda Jensen Huangni Nvidia bosh direktori lavozimiga qaytarish kampaniyasi tobora kuchaymoqda. Bunday talab bilan tuzilgan petitsiyani 180 mingdan ortiq kishi imzoladi. Uni qoʻllab-quvvatlayotganlar orasida tadbirkor Ilon Mask va AQSh prezidenti Donald Tramp ham bor.

Tramp Huangning qaytishiga qarshi boʻlmasligini aytib, u ehtimol yuz bergan voqeadan muhim saboq chiqarganini taʼkidladi.
Biroq Nvidia rahbariyati sobiq rahbarning ketishi haqidagi qarorni hozircha qayta koʻrib chiqmoqchi emas. Reuters maʼlumotlariga koʻra, direktorlar kengashi uni lavozimiga qayta tiklash imkoniyatini hatto koʻrib ham chiqmayapti.
Huang kompaniya xodimalari bilan ehtimoliy romantik munosabatlari haqidagi xabarlar ortidan lavozimini tark etgan. Bundan tashqari, AQSh maxsus xizmatlari uning tanishlaridan biri Elis Huangning Xitoy razvedkasi bilan ehtimoliy aloqalarini tekshirmoqda. Bu holatlar hozircha tergov predmeti boʻlib qolmoqda.
Investorlarning fikri ikkiga boʻlindi: ayrimlar tajribali rahbarning qaytishini qoʻllab-quvvatlamoqda, boshqalar esa bu kompaniya uchun qoʻshimcha huquqiy va obroʻ-eʼtibor xatarlarini keltirib chiqarishi mumkin, deb hisoblamoqda.




