Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Huangning hamkorining eri Kan Veyning Xitoydagi maʼlumotlar markazlari loyihalari $9 mlrd jalb qildi

Hexi Capital asoschisi Kan Veyning maʼlumotlar markazlari sohasidagi loyihalari 2021–2024-yillarda $9 mlrd jalb qildi, mablagʻlarning salmoqli qismi Xitoy rasmiylaridan kelgan.

17-noyabr, 23:35

Amerika OAVlari Nvidia kompaniyasining sobiq bosh direktori Jensen Huangning hamkori Elis Huangning eri Kan Vey Xitoyda maʼlumotlar markazlari qurilishi bilan shugʻullanayotganini aniqladi. Loyihalarning asosiy ishtirokchisiga Shanxayning Century Longteng kompaniyasi aylandi. Uning aksiyadorlari orasida shahar davlat tuzilmasi va Hexi Capital bilan bogʻliq kompaniyalar bor.

Century Longteng hukumat organlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan loyihalarni, jumladan, Anxuy provinsiyasining Uhu shahridagi intellektual hisoblash sanoat parkini oldi. Ushbu loyiha investitsiyalari qariyb $4,5 mlrdni tashkil etadi. Yana bir maʼlumotlar markazi Sichuan provinsiyasida qurilmoqda, unga kiritiladigan mablagʻ taxminan $5 mlrd deb baholanmoqda.

Huang Singapurdagi Megaspeed kompaniyasining bosh direktori va direktorlar kengashi raisi lavozimlarida ishlagan. Kompaniya Nvidia uskunalarini xarid qilgan va uning bulutli hamkori maqomini olgan. Amerika OAVlari xaridlar hajmini $4–7,5 mlrd deb baholagan, biroq uskunalar Vey bilan bogʻliq maʼlumotlar markazlariga yetkazilganini tasdiqlovchi dalillar yoʻq. Megaspeed faoliyati yuzasidan AQSh va Singapurda tergovlar olib borilmoqda. Vey esa avvalroq aksiyalarni manipulyatsiya qilish ishi boʻyicha Shanxayda hibsga olingan, biroq ozod qilingan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media