Rossiyalik figuristlar Finlandiyadagi Gran-pri bosqichiga kiritilmadi
Gran-pri bosqichi oʻtkazilayotgan Finlandiyaga rossiyalik figuristlar kira olmadi. Bu haqda RIA Novosti vaziyatdan xabardor manbaga tayanib xabar berdi.
17-noyabr, 21:29

Wikimedia Commons · Министерство спорта Республики Татарстан
Agentlik suhbatdoshining soʻzlariga koʻra, sportchilar mamlakatga kira olmagan. Ularning aksariyati allaqachon oʻz muz maydonlarida mashgʻulotlarni qayta boshlagan.
Turnirda Yevropa chempionlari Aleksandra Boykova va Dmitriy Kozlovskiy, shuningdek, jahon chempionlari Anastasiya Mishina va Aleksandr Gallyamov juftliklari ishtirok etmaydi. Rossiyaning ikki karra chempioni Yevgeniy Semenenko ham bormaydi.




