Toshkentda dizayn haftaligi oʻtkazilmoqda
Dasturdan Yangi Toshkent maketining ilk ommaviy taqdimoti, oʻzbek mebeli, buyum dizayni va arxitekturasi koʻrgazmalari, shuningdek, shahar rivoji haqidagi munozaralar oʻrin olgan.
Toshkentda 2026-yilgi Tashkent Design Week ochildi. Haftalik 26-oktabrdan 1-noyabrgacha davom etadi. Asosiy tadbirlar Tashkent City Mall va Tashkent City Parkda, shuningdek, poytaxtdagi galereyalar, shourumlar va ijodiy makonlarda oʻtkaziladi.
Tashkent City Mallda New Tashkent Masterplan Preview ekspozitsiyasi namoyish etiladi. Tashrif buyuruvchilar boʻlajak shaharning meʼmoriy konsepsiyasi, uning turar joy mavzelari, jamoat makonlari va infratuzilmasi bilan tanishadi; loyiha ikki milliondan ortiq aholiga moʻljallangan.
Dasturdan, shuningdek, oʻzbek mebeli, buyum dizayni va arxitekturasi koʻrgazmalari hamda shahar rivoji haqidagi munozaralar oʻrin olgan.




