RUUZEN
Soʻnggi yangiliklarSeshanba, 6-oktabr 2026-yil
MB kursi1 USD 11778.45 UZS1 EUR 13198.93 UZS1 RUB 138.35 UZS06.10.2026
Reklama
Reklama
Sport

Toshkentda suzish boʻyicha Jahon kubogi bosqichi oʻtkaziladi

Poytaxtda 8–10-oktabr kunlari ilk bor Jahon kubogi bosqichi boʻlib oʻtadi. Unda 40 mamlakatdan 230 nafar sportchi, jumladan jahon va Olimpiya oʻyinlari chempionlari ishtirok etadi.

Muharrir: Дарья6-oktabr, 21:30По-русски
Wikimedia Commons · Shev123 · CC0 · Изменён размер и формат файла. · Own work · File:FINA World Cup Chartres Odyssee 2015.jpg

Musobaqada taniqli suzuvchilar, jumladan avstraliyalik Kameron Makevoy, gonkonglik Shivon Hogi, xitoylik Yuy Itin hamda rossiyalik Yevgeniya Chikunova va Yuliya Yefimova qatnashadi. Ishtirokchilar safida Olimpiya oʻyinlari chempionlari va sovrindorlari, jahon birinchiliklari gʻoliblari hamda amaldagi jahon rekordchilari bor.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, mamlakat sharafini 51 nafar sportchi himoya qiladi. Jamoa tarkibiga, xususan, Eldor Usmonov, Ilya Sibirsev, Xurshidjon Tursunov va Anastasiya Zelinskaya kiritilgan.

Bellashuvlar Olimpiya shaharchasidagi Suv sporti saroyida boʻlib oʻtadi.

Yana oʻqing