Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Telegramdagi yashirin chatlar: yozishmalarni maxfiy ibora bilan himoyalash

Telegram 13.2 beta-versiyasining macOS nashrida chatlarni roʻyxat, qidiruv va bildirishnomalardan yashirish funksiyasi paydo boʻldi. Ularga kamida sakkiz belgili ibora orqali kiriladi.

19-noyabr, 12:03

Telegramda tanlangan yozishmalarni ilova interfeysidan olib tashlash imkoniyati aniqlandi. Buning uchun kamida sakkiz belgidan iborat maxfiy ibora yaratib, uni qidiruv satriga kiritish kerak — shundan soʻng yashirilgan chatlar boʻlimi ochiladi.

Bunday yozishmalar asosiy roʻyxat, papkalar va qidiruv natijalarida koʻrinmaydi. Ularning xabarlari bildirishnomalarda chiqmaydi va oʻqilmagan xabarlar hisoblagichini oshirmaydi. Boʻlim yopiq paytda shu chatlardagi foydalanuvchilardan keladigan qoʻngʻiroqlar avtomatik tarzda rad etiladi. Bir nechta ibora yaratish mumkin — har biri yozishmalarning alohida toʻplamini ochadi.

Funksiya faqat u sozlangan Mac kompyuterida ishlaydi. Boshqa qurilmalarda oʻsha chatlar koʻrinishda qoladi. Boʻlim ekran bloklanganda, kompyuter uyqu rejimiga oʻtganda yoki besh daqiqa davomida hech qanday amal bajarilmagach yopiladi. Iborani unutib qoʻyilsa, kirishni faqat Telegram akkauntidan chiqib, qayta kirish orqali tiklash mumkin.

Yashirish yozishmalarga uchdan uchigacha shifrlashni qoʻshmaydi va Telegramning maxfiy chatlari oʻrnini bosmaydi. Funksiya hozircha macOS versiyasida sinovdan oʻtkazilmoqda; barqaror ilovaga chiqish muddati hamda Windows, Android va iOS qoʻllab-quvvatlanishi nomaʼlum.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media