Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 010,45EUR 13 200,69RUB 145,64Chorshanba, 18-noyabr 2026-yil
Sport

Dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati qurʼasi tashlandi

Toshkentda dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining barcha vazn toifalaridagi bahs setkalari aniqlandi. Turnirda 78 mamlakatdan 574 nafar sportchi qatnashadi.

18-noyabr, 22:12

Chempionat boshlanishi arafasida Toshkentda barcha vazn toifalari boʻyicha qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Musobaqalar marosimdan keyingi kuni boshlanadi.

Tadbirda Xalqaro dzyudo federatsiyasi vakillari, Oʻzbekiston sport vaziri Adham Ikramov, MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov va Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov ishtirok etdi.

Rasmiylarning aytishicha, Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilayotgan turnirga tayyorgarlik sportchilar va mehmonlar uchun sharoit yaratishni ham oʻz ichiga olgan. Jahon chempioni unvoni uchun 78 mamlakatdan 574 nafar dzyudochi kurashadi. Qurʼa natijalari tashkilotchilar tomonidan eʼlon qilindi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media