Oʻn yil ichida 91 mingdan ortiq kishi Oʻzbekiston fuqaroligini oldi
Taqqoslash uchun, 1992–2016 yillar oraligʻida mamlakat fuqaroligini atigi 482 kishi olgan. Bu haqda Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov maʼlum qildi.
18-noyabr, 13:25

Uning soʻzlariga koʻra, fuqaroliksizlikka qarshi kurash «Oʻzbekiston – 2030» strategiyasining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolmoqda. Bu boradagi muhim qadamlardan biri 2020 yilda «Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida»gi qonunning yangi tahriri qabul qilingani boʻldi.
2021 yildan buyon Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari boshqarmasi bilan hamkorlikda fuqaroliksizlikni kamaytirish va tugatishga qaratilgan 21 ta tadbir oʻtkazdi.




