WP: Nvidia rahbari atrofidagi josuslik mojarosi Xitoyning chiplardan foydalanish imkoniyatini toʻsish uchun uyushtirilgan
The Washington Post taʼkidlashicha, Jensen Huangning Nvidia rahbari lavozimidan isteʼfoga chiqishi ortida AQSh davlat kotibi Marko Rubio turgan.

Nashr versiyasiga koʻra, mojaro Donald Tramp Huangga Xitoyga sunʼiy intellekt chiplari yetkazib berishga ruxsat bergani bilan bogʻliq. Amerikalik amaldorlarga bu qaror maʼqul kelmagan: ular texnologiyalar Pekinning harbiy va texnologik salohiyatini kuchaytirishidan xavotirlangan.
Yarimoʻtkazgichlarni hozir koʻpincha yangi neft deb atashadi, ularni kimga sotish masalasi esa Amerika elitasini ikkiga boʻldi. WP maʼlumotlariga koʻra, Nvidia bir necha yil davomida sunʼiy intellekt sohasida Xitoy bilan hamkorlik qilishga qarshi boʻlganlar bilan yashirin qarama-qarshilik olib borgan.
Nashr yozishicha, Rubio Markaziy razvedka boshqarmasining Huangni Xitoy foydasiga josuslikda gumon qilinayotgan ayol bilan bogʻlovchi hisobotini olgan va bu maʼlumotlarni jurnalistlarga uzatgan. Taxminlarga koʻra, u shu yoʻl bilan Nvidia rahbarining Trampga taʼsirini susaytirmoqchi boʻlgan.




