Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Siyosat

AQSh, Xitoy va Rossiya yetakchilarining tarixdagi ilk uch tomonlama uchrashuvi sanasi maʼlum qilindi

AQSh, Xitoy va Rossiya yetakchilarining tarixdagi ilk uchrashuvi 19-noyabr kuni Shenchjenda oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.

16-noyabr, 22:28

Uchrashuv oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishilganini Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bildirdi. Muzokaralarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin va AQSh prezidenti Donald Tramp ishtirok etishi kerak.

Uchrashuv Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasida boʻlib oʻtadi. Avvalroq Oq uy vakili Olivia Ueyls ham ayni sana va joyni aytib, ilgari paydo boʻlgan maʼlumotni tasdiqlagan edi.

Uning soʻzlariga koʻra, Tramp yadroviy qurollarni qisqartirish masalasini muhokama qilmoqchi. Shu bilan birga, amerikalik amaldor ilk uchrashuvda kelishuvga erishilishi kutilmayotganini aytdi: uchrashuv davlat rahbarlari darajasidagi muzokaralarning boshlanishi sifatida koʻrilmoqda.

Amerika tomoni Eron bilan qarama-qarshilikni ham muhokama qilmoqchi. OAV xabarlariga koʻra, ishtirokchilar Shimoliy Koreya atrofidagi vaziyatga ham toʻxtalishlari mumkin. AQSh maʼmuriyati vakilining soʻzlariga koʻra, Ukrainadagi urushni muhokama qilish rejalashtirilmagan, chunki bu masala alohida muzokara jarayoni doirasida koʻrib chiqilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media