Yangi Toshkentda investorlar uchun tartib-taomillarni soddalashtirish rejalashtirilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish va davlat organlarining biznesni qoʻllab-quvvatlashdagi rolini qayta koʻrib chiqish zarurligini taʼkidladi.

Условия / Shartlar / Terms
Пресс-служба Президента Республики Узбекистан · Размер и формат изменены для сайта · Редакционное использование собственных фотографий с указанием источника.Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ochiq muloqotda Yangi Toshkent faqat turar joylar quriladigan hudud emas, balki mustaqil iqtisodiy markazga aylanishi kerakligini aytdi. Hozir ajratilgan yerlarning uchdan ikki qismi uy-joy loyihalariga berilgan, investorlar uchun ajratilgan 28 ta lotda esa hali qurilish boshlanmagan.
Mirziyoyev kechikishlarga eskirgan talablar, uzoq davom etadigan kelishuv jarayonlari va ayrim idoralarning hamkor emas, nazoratchi sifatidagi pozitsiyasi sabab boʻlayotganini taʼkidladi. U investorlar qoʻllab-quvvatlovni koʻrmasa, kutib oʻtirmasligi va mablagʻlarini boshqa bozorlarga yoʻnaltirishidan ogohlantirdi.
Yangi Toshkentda bir gektar yerning oʻrtacha qiymati 2024 yildagi 10 mlrd soʻmdan kam koʻrsatkichdan hozir 19 mlrd soʻmgacha oshdi. Yil oxirigacha bu yerda 20 mingta xonadonni foydalanishga topshirish, shuningdek, 55 ming oʻrinli stadion qurish rejalashtirilmoqda.

