LinkedIn rahbari mehnat bozorini «muzlab qolgan» deb atadi, ammo Z avlodi uchun ustunlikni koʻrdi
LinkedIn bosh direktori Deniel Shapero yosh mutaxassislarga ish topish tobora qiyinlashayotganini, biroq sunʼiy intellektning rivojlanishi ularga tajribaliroq nomzodlar oldida ustunlik berishi mumkinligini aytdi.

U Fortune jurnaliga bergan intervyusida mehnat bozorini «muzlab qolgan» deb atadi va karyerasini endi boshlayotganlar uchun hozir ayniqsa qiyin ekanini taʼkidladi. Shu bilan birga, ish beruvchilar Z avlodi vakillarini zamonaviy texnologiyalarni yaxshiroq biladigan va sunʼiy intellektdan samaraliroq foydalana oladigan nomzodlar deb baholashi mumkin. Bu ish jarayonlarini qayta tashkil etishga intilayotgan kompaniyalar uchun ularning jozibadorligini oshiradi.
Shapero, shuningdek, yosh ish izlovchilarga qidiruv doirasini kengaytirish va professional aloqalar oʻrnatishga faolroq kirishishni tavsiya qildi. Uning soʻzlariga koʻra, ishga kirishning eng tezkor usullaridan biri — qiziqish uygʻotayotgan kompaniyada allaqachon ishlayotgan kishi bilan aloqa oʻrnatishdir. Vakansiyalarga shunchaki ariza yuborish yetarli boʻlmasligi mumkin: shaxsiy tanishuvlar va tavsiyalar ishga qabul qilish jarayonining tobora muhim qismiga aylanmoqda.




