Walmart Metaʼning Muse AI agentiga «Qora juma» paytida siz uchun tovarlar xarid qilishga ruxsat berdi
Walmart 2026-yilgi «Qora juma»ga qadar Metaʼning Muse agenti mijoz nomidan tovar xarid qilishi uchun Agent Profiles va Walmart Agent Gateway xizmatlarini ishga tushirdi. Integratsiya allaqachon mavjud.

Agent Profile Walmartʼga akkauntdagi amallarni xaridorning oʻzi emas, Muse bajarayotganini koʻrsatadi. Profilda agent xarid qilgan tovarlar va foydalanuvchi xarid qilgan mahsulotlar ham alohida koʻrsatiladi. Shu bilan birga, Muse Walmart tasarrufidagi xaridlar tarixi va boshqa shaxsiy maʼlumotlarni olmaydi.
Foydalanuvchi xarajatlar limitini belgilashi, buyurtmani rasmiylashtirishdan oldin qoʻlda tasdiqlashni talab qilishi yoki agent profilini oʻchirishi mumkin. Ulanish uchun Muse ilovasi orqali Walmart akkauntiga kirish kerak. Shundan soʻng, agar mijoz bunga ruxsat bersa, agent tovarlarni taqqoslashi, takliflarni izlashi, mahsulotlarni savatchaga qoʻshishi va saqlangan toʻlov maʼlumotlaridan foydalanib buyurtmani rasmiylashtirishi mumkin.




