Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Madaniyat

«Cheburashka 3» filmining bosh qahramoni yangi qarindoshlari bilan koʻrinadigan ilk treyler chiqdi

Oilaviy komediyaning uchinchi qismida quloqdor qahramon ota-onasi, bobosi va akasi bilan uchrashadi. Hikoyaning davomi 2027-yil boshida namoyish etiladi.

27-noyabr, 11:39
kinonews.ru

«Cheburashka 3» filmi ijodkorlari kartinaning ilk toʻliq treylerini taqdim etdi. Bu safar bosh qahramonning odatiy hayoti oʻzi Gena bilan yashaydigan dengiz boʻyidagi shaharga qarindoshlari kutilmaganda kelib qolganidan soʻng oʻzgaradi.

Cheburashka ota-onasi, bobosi va akasini insonlar olami bilan tanishtirishi hamda ularning yangi sharoitga moslashishiga yordam berishi kerak boʻladi. Katta oila bilan uchrashuv qahramonlarga nafaqat quvnoq sarguzashtlar, balki murakkab vaziyatlarni ham olib keladi.

Oʻzgarishlar Genaga ham taʼsir qiladi. Cheburashkaning qarindoshlari paydo boʻlishi uni Rimma bilan munosabatlariga yangicha qarashga majbur qiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media