Safonov, Kvaratsxeliya va Due 2032 yilgacha «PSJ»da qoladi
«PSJ» jamoaning asosiy tarkibini uzoq muddat saqlab qolmoqchi. Safonov, Kvaratsxeliya va Due bilan tuzilgan shartnomalar uch yilga — 2032 yilgacha uzaytiriladi. Klub yana besh futbolchi bilan muzokaralarni boshladi.
21-noyabr, 01:48

tuttomercatoweb.com
Hozir Safonov, Kvaratsxeliya va Due bilan tuzilgan shartnomalar 2029 yilgacha amal qiladi. Uzaytirilganidan soʻng ular 2032 yilgacha hisoblanadi. Dembele bilan kelishuv esa 2030 yilgacha uzaytiriladi.
Klub Markinyos, Vitinya, Hakimi, Nunu Mendes va Zair-Emeri bilan ham muzokaralarni boshladi.




