Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 004,48EUR 13 155,71RUB 146,56Shanba, 21-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Nvidia toʻqqiz oyda boshqa kompaniyalar aksiyalariga 58,1 mlrd dollar sarmoya kiritdi

Water Tower Research tahliliy kompaniyasining texnologiyalar boʻyicha direktori Jeyms Kisnerning fikricha, sunʼiy intellekt bumining sekinlashuvi bir vaqtning oʻzida chiplar savdosi va ushbu aktivlar qiymatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

19-noyabr, 19:30
fortune.com

Shu davrda kompaniya oʻz aksiyalarini qayta sotib olishga 61,2 mlrd dollar sarfladi. Nvidia sarmoyalari ilgʻor sunʼiy intellekt laboratoriyalari, infratuzilmaga sarmoya kirituvchi investorlar va boshqa xususiy kompaniyalarga yoʻnaltirilgan.

Jeyms Kisnerning taxminicha, bunday sarmoyalar Nvidia mahsulotlariga boʻlgan talabni qoʻllab-quvvatlashi mumkin. Agar sunʼiy intellektga yoʻnaltirilgan xarajatlar qisqarsa, kompaniya ham chiplar savdosining pasayishi, ham sotib olingan aktivlar qiymatining tushishi bilan yuzma-yuz kelishi mumkin. Shu bilan birga, qimmatli qogʻozlar kompaniyaga atigi 1,8 mlrd dollar sof daromad keltirdi.

Vaqtinchalik bosh direktor Kollet Kress Nvidia maʼlumotlar markazlarini qurayotgan yetkazib beruvchilar va ayrim mijozlarni qoʻllab-quvvatlashda davom etishini aytdi. Kompaniyaning kredit kafolatlari umumiy qiymati 118 mlrd dollarga yetdi. Ularning bir qismi faqat mijoz moliyalashtirishni olganidan keyin kuchga kiradi va qurilish muammolarga duch kelsa, amal qilishdan toʻxtashi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media