Pragada ikki yoʻlovchi poyezdi toʻqnashdi
Hodisa oqibatida oʻnlab odam jarohatlangan, deb xabar bermoqda Chexiya OAV politsiyaga tayanib.

ČTK agentligi maʼlumotlariga koʻra, bir necha yoʻlovchi ogʻir jarohatlar olgan va poytaxtdagi shifoxonalarga yetkazilgan. Jabrlanganlarning aksariyati yengil jarohatlar bilan qutulgan. Ularning aniq soni aniqlashtirilmoqda.
Hodisa joyiga tez tibbiy yordam brigadalari va qutqaruv xizmatlari yuborildi. Toʻqnashuv oqibatida har ikki poyezd mashinistlari kabinalari shikastlangan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, poyezdlar Praganing Bosh vokzali yaqinidagi temiryoʻl uchastkasida bir yoʻlda bir-biriga qarab harakatlangan. Toʻqnashuvdan oldin poyezdlar tezligini sezilarli darajada pasaytirishga ulgurgan, bu esa odamlar qurbon boʻlishining oldini olgan.
Hodisa tafsilotlari va ikki poyezdning bir yoʻlga chiqib qolish sabablarini maxsus ekspertlar komissiyasi aniqlashi kerak.




