Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Oʻzbekiston Orolboʻyi hududini rivojlantirish jamgʻarmasiga 5 mln dollar ajratadi

Mablagʻlar Orol dengizi mintaqasida inson xavfsizligi boʻyicha BMT trast jamgʻarmasining ikkinchi bosqichiga yoʻnaltiriladi

12-noyabr, 21:13

Majburiyat Oʻzbekiston pavilyonida, BMTning iqlim oʻzgarishi boʻyicha 31-konferensiyasi doirasida oʻtkazilgan tadbirda maʼlum qilindi. Ishtirokchilar jamgʻarmaning birinchi bosqichi yakunlarini hamda xalqaro hamkorlarni keyingi bosqichga jalb etish masalasini muhokama qildilar.

Jamgʻarma 2018-yilda tashkil etilgan. Birinchi bosqichda 16,2 mln dollar safarbar qilindi: toʻrtta tanlov yakunlariga koʻra, toʻqqizta qoʻshma dastur va alohida muassasaning bitta loyihasi moliyalashtirildi. Ularni amalga oshirishda BMT tizimidagi sakkizta tashkilot ishtirok etdi.

2023-yil oxiriga kelib, loyihalar Qoraqalpogʻistonning sakkiz tumanidagi 293 mingdan ortiq bevosita naf oluvchini qamrab oldi. Ikkinchi bosqich 2030-yilgacha moʻljallangan boʻlib, alohida pilot tashabbuslardan oʻlchanadigan natijalarga ega, aholini kengroq qamrab oladigan kompleks dasturlarga oʻtishni nazarda tutadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Oʻzbekistonning hissasi xalqaro hamkorlarning qoʻshimcha mablagʻlarini jalb qilish, aralash moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish va ishtirokchilar doirasini kengaytirish uchun asos boʻlishi kerak. Ustuvor yoʻnalishlar qatoridan iqlimiy barqarorlikni oshirish, suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish, sogʻliqni saqlash hamda barqaror daromad manbalarini qoʻllab-quvvatlash oʻrin olgan. Shuningdek, ekologik va kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish hamda xususiy investitsiyalarni jalb qilish ham koʻzda tutilgan.

Uchrashuv ishtirokchilari belgilangan huquqiy va moliyaviy talablarga rioya qilgan holda, BMT tizimiga kirmaydigan tashkilotlarni loyihalarga jalb etish imkoniyatini koʻrib chiqdilar. Shuningdek, mintaqaning iqlimiy, ekologik va ijtimoiy vazifalarini birlashtiradigan investitsiya portfelini shakllantirish masalasi alohida muhokama qilindi.