SpaceX ilk bor Starshipʼni Mechazilla minorasi yordamida tutib olishni rejalashtirmoqda
SpaceX kompaniyasida uchirishlar uchun masʼul Kiko Dontchev Starshipʼning 15-parvozi uchun 13-noyabrni dastlabki sana sifatida tilga oldi.

Kompaniya Texasdagi Starbase kosmodromida raketaning ikkala bosqichini ham uchirish minorasi manipulyatorlari yordamida ilk bor tutib olishni rejalashtirmoqda. Biroq missiyaning yakuniy dasturi hozircha eʼlon qilinmagan.
Missiyaga Super Heavy B22 tezlatkichi va Ship 42 kemasi tayyorlandi. B22’da barcha 33 ta Raptor 3 dvigatelining oʻt oldirish sinovi oʻtkazildi. Ship 42’ning oltita dvigateli sinovdan oʻtkazildi, yana bir dvigatel esa qaytishdan oldingi tormozlash impulsi imitatsiyasi bilan alohida sinov qilindi.
Agar parvoz rejasi tasdiqlansa, SpaceX ikkala bosqichni ham bevosita uchirish maydonchasiga qaytarishga urinadi. Super Heavyʼni Mechazilla minorasi manipulyatorlari allaqachon uch marta muvaffaqiyatli tutib olgan, Starship uchun esa bunday urinish ilk bor amalga oshiriladi.
Parvoz vaqtida kema atmosferadan oʻtishi, dvigatellari yordamida tezligini kamaytirishi, vertikal holatga kelishi va minora manipulyatorlari tutib oladigan hududga kirishi kerak boʻladi. Ikkala bosqichning muvaffaqiyatli tutib olinishi takroriy uchirishlarga moʻljallangan, toʻliq qayta foydalaniladigan raketa tizimini ishlab chiqishda muhim bosqich boʻladi.




