SpaceX Nvidia chiplarini xarid qilish uchun 40 mlrd dollar jalb qilmoqchi
Banklar va investitsiya kompaniyalari bilan muzokaralar dastlabki bosqichda turibdi va bitim tuzilmasligi ham mumkin, deb yozadi Bloomberg.

Условия / Shartlar / Terms
https://cdn.openart.ai/uploads/image_01eluJ2__1696752889349_raw.jpg · Изменён размер и формат файла.Ilon Mask kompaniyasi SpaceX Nvidia protsessorlarini xarid qilish uchun banklar va investorlar bilan 40 mlrd dollar jalb qilish masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda Bloomberg manbalariga tayanib xabar berdi. Muzokaralar hozircha boshlangʻich bosqichda, shu sababli bitim tuzilishi kafolatlanmagan.
Financial Times maʼlumotlariga koʻra, mablagʻning qariyb 10 mlrd dollarini kreditlar koʻrinishida, qolgan 30 mlrd dollarini esa obligatsiyalar chiqarish hisobidan olish rejalashtirilmoqda. Joylashtirishni Apollo Global Management tashkil qilishi, PIMCO esa ishtirokchilardan biri boʻlishi mumkin. Bitimni yakunlash 2027 yilda kutilmoqda.
Qarz mablagʻlarini jalb qilish sunʼiy intellekt infratuzilmasini rivojlantirayotgan kompaniyalar orasida keng tarqalgan amaliyotga aylanmoqda. Masalan, Broadcom tegishli xarajatlar uchun Anthropic kompaniyasiga 42 mlrd dollargacha mablagʻ ajratmoqchi.
Avvalroq Mask 2026 yil oxirigacha Colossus 2 hisoblash klasteridagi Nvidia chiplarining sonini ikki barobardan koʻproqqa oshirish rejasini maʼlum qilgan edi.
