Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

FT maʼlumotlariga koʻra, Nvidia Janubi-Sharqiy Osiyoga sunʼiy intellekt serverlarini yetkazib berishni toʻxtatishni buyurdi

Server ishlab chiqaruvchilari mintaqaning toʻrt mamlakatidagi mijozlariga Nvidia buyurtmalarni joʻnatishni taqiqlaganini bildirdi. Bunga AQShning yangi eksport qoidalari sabab boʻlgan.

27-noyabr, 08:50
tomshardware.com

Yetkazib berishlar xavf ostida qoldi, Singapurdagi Aolani bulutli kompaniyasi esa qiymati 500 mln dollarlik loyihasini moliyalashtirishdan ayrilmoqda. Nvidia mintaqaga sunʼiy intellekt uchun grafik protsessorlarni yetkazib berishni davom ettira oladimi-yoʻqmi, hozircha nomaʼlum boʻlib turgan bir paytda banklar kredit berishni toʻxtatdi.

Dell, Supermicro va boshqa server ishlab chiqaruvchilari Singapur, Tailand, Malayziya va Indoneziyadagi mijozlariga yetkazib berish taqiqlanganini bildirdi. Bu koʻrsatma doimiy yoki vaqtinchalik boʻladimi, nomaʼlum.

AQShning yangi qoidalari bulutli xizmat koʻrsatuvchi provayderlarga eksport litsenziyasini olish va ularning mijozlari orasida cheklovlar qoʻyilgan tashkilotlar yoʻqligini tasdiqlash uchun 90 kun vaqt beradi. Sanoat rahbarlaridan biri Financial Times gazetasiga regulyator arizalarni topshirish tartibini tushuntirmaganini aytdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Cheklovlar Xitoyning sunʼiy intellekt kompaniyalariga mamlakat tashqarisidagi hisoblash quvvatlarini ijaraga olish imkoniyatini yopadi. Aolani ByteDanceʼga bunday quvvatlarni yetkazib berish boʻyicha kelishuv tuzgan, biroq Xitoy kompaniyasi modellarni oʻqitish uchun Nvidia chiplaridan foydalanish imkoniga ega boʻlmasa, kelishuvdan voz kechishi mumkin.

AQSh 2022 yildan beri ilgʻor sunʼiy intellekt chiplarining Xitoyga eksportini cheklab kelmoqda. 2025 yil dekabrida Nvidiaʼga H100 chiplarini u yerga yetkazib berishga ruxsat berildi, biroq xaridorlar AQSh Savdo vazirligidan litsenziya olishi kerak, shuningdek, har bir chip uchun 25 foiz miqdorida yigʻim undiriladi.