Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Jamiyat

NASA Oyga yadroviy dvigatelli planetoxodni yubormoqchi

NASA PROMISE nomli olti gʻildirakli, yadroviy dvigatelli planetoxodni ishlab chiqishni davom ettiradi va uni 2028-yil oxirida Oyning janubiy qutbiga yuborishni rejalashtirmoqda.

9-noyabr, 12:54

NASA PROMISE planetoxodini — «Kuzatish, xaritalash va joyida tadqiq etish uchun moʻljallangan qutbiy rover»ni — yanada ishlab chiqishini eʼlon qildi. Qurilma ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlanadi va Oyning janubiy qutbi hududiga qoʻnishi kerak.

Planetoxod regolitni — Oy tuprogʻini — qazib olish uchun burgʻu bilan jihozlanadi. Mutaxassislar uning yordamida Oydagi muz va boshqa resurslarni oʻrganmoqchi. PROMISEʼni uchirish 2028-yil oxiriga rejalashtirilgan, missiyaning oʻzi esa 18 oy davom etadi.

NASA AQShning Blue Origin kompaniyasiga qurilmani Oyga yetkazib berish uchun bazaviy shartnoma taqdim etdi. Kelishuv qiymati 94 mln dollarni tashkil qiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media