Stiv Jobsning oʻgʻli GLP-1 preparatlari saraton xavfini qanday kamaytirishi mumkinligini aytdi
Apple asoschisi Stiv Jobsning oʻgʻli Rid Jobsning fikricha, GLP-1 asosidagi vazn kamaytiruvchi preparatlar saratonning ayrim turlariga chalinish xavfini pasaytirishi mumkin, deb xabar berdi Fortune.

Jobsning soʻzlariga koʻra, ushbu guruhdagi preparatlar zamonaviy tibbiyotning eng muhim yutuqlaridan biriga aylanishi mumkin. Ularning ehtimoliy foydasi semirishni kamaytirish bilan bogʻliq: semirish saraton kasalliklarining 13 turiga chalinish xavfini oshiradi.
Rid Jobs onkologiya sohasidagi ishlanmalarga sarmoya kirituvchi Yosemite venchur kompaniyasiga rahbarlik qiladi. U saraton tadqiqotlariga otasida 2003 yilda oshqozon osti bezi kasalligi aniqlanganidan keyin qiziqa boshlagan.
2025 yilda JAMA Oncology jurnalida eʼlon qilingan tadqiqot GLP-1 preparatlarini qabul qilganlarda oʻrganilgan saraton turlariga chalinishning nisbiy xavfi 17 foizga past boʻlganini aniqladi. Biroq tadqiqot ushbu preparatlar kasallikning bevosita oldini olishini isbotlamaydi.
Jobs mushak massasining yoʻqolishi kabi nojoʻya taʼsirlar ham mavjudligini tan oldi.
Yana oʻqing


