OpenAI Yevropa Ittifoqi uchun ChatGPT matnlariga koʻrinmas belgilar kiritadi
textGrain texnologiyasi soʻzlar statistikasi asosida sunʼiy intellekt kontentini aniqlash imkonini beradi, biroq uni tahrirlash orqali osongina chetlab oʻtish mumkin, deb xabar bermoqda OpenAI.

OpenAI kompaniyasi ChatGPT va Codex yaratadigan matnlarga koʻrinmas suv belgilarini qoʻshadi. Ushbu belgilar soʻzlarni tanlash statistikasini oʻzgartirish evaziga ishlaydi va foydalanuvchiga sezilmaydi, biroq detektorlar ularni aniqlay oladi.
Belgilar EU AI Act talablari sababli faqat Yevropa Ittifoqidagi foydalanuvchilarda paydo boʻladi. Mazkur qonun sunʼiy intellekt ishlab chiquvchilariga sintetik kontentni markirovka qilish majburiyatini yuklaydi, aks holda 15 million yevrogacha yoki kompaniyaning yillik global aylanmasining 3 foizi miqdorida jarima solinishi mumkin. Boshqa mamlakatlarda, jumladan Oʻzbekistonda ham, belgilarni API orqali ixtiyoriy ravishda yoqish mumkin boʻladi.
Detektor uzunligi 200 tokenga teng matnlarning 80 foizida, 400 tokenga teng matnlarning esa 95 foizida belgilarni aniqlaydi. Agar soʻzlarning 10 foizi sinonimlar bilan almashtirilsa, aniqlik 25 foizga pasayadi, matnning 25 foizi oʻzgartirilganda esa bu koʻrsatkich 7–15 foizgacha tushib ketadi. OpenAIʼning taʼkidlashicha, belgilar matn yaratish sifatiga taʼsir qilmaydi va uning toʻliq sunʼiy intellekt tomonidan yaratilganini isbotlamaydi.

