Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 11 935,37EUR 13 432,07RUB 145,58Payshanba, 5-noyabr 2026-yil
Texnologiyalar

Xitoyda ikki robot dangasaligi va ish joyidan chiqib ketgani uchun «ishdan boʻshatildi»

AgiBot kompaniyasi Shanxaydagi doʻkonda G2 rusumidagi oltita odamga oʻxshash robotni sinovdan oʻtkazdi.

5-noyabr, 18:36
Republish · www.ithome.com

Androidlar 24 soat davomida ishladi: tashrif buyuruvchilarni kutib oldi, mahsulotlarni tarqatdi, qahva tayyorladi, javonlarni tekshirdi va xonani tozaladi. 24 soat ichida ular 1730 ta topshiriqni bajardi.

Ulardan faqat toʻrt nafari shartli ravishda doimiy xodim maqomini oldi. Bir robot javonlarni toʻldirish vazifasini uddalay olmadi: tashkilotchilar uni yetarlicha faol emas, deb baholadi. Tozalash uchun masʼul boʻlgan ikkinchi robot esa toʻlib ketgan axlat qutisiga duch kelib, belgilangan yoʻnalishdan chiqdi va doʻkondan tashqariga chiqib ketdi.

Sinovni jonli efirda 2 mln nafardan ortiq kishi kuzatdi. Ishlab chiquvchilar «ishdan boʻshatilgan» ikki robotning dasturiy taʼminotini takomillashtirmoqchi. Tajriba robotlarga nostandart vaziyatlarda hali ham mustaqil harakat qilish qiyinligini koʻrsatdi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media

Yana oʻqing