Donald Tramp Oʻzbekistonga tashrif buyurmoqchi
AQSh prezidentining maxsus vakili Tramp tashrifini tayyorlash ishlari allaqachon olib borilayotganini maʼlum qildi.

Wikimedia Commons · Carl Ha · CC BY-SA 4.0 · Изменён размер и формат файла. · Own work · File:Tashkent, Tashkent City from Hotel Shodlik Palace.jpg
Bu haqda AQSh prezidentining global sheriklik boʻyicha maxsus vakili Paolo Zampolli Oʻzbekiston 24 telekanalining «Tahlilnoma» dasturiga bergan intervyusida aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, Tramp Oʻzbekistonga borish istagini unga shaxsan bildirgan.
Tashrifning aniq muddati hozircha ochiqlanmagan. Vakil tashrif yaqin orada oʻtkazilishiga umid bildirgan.
Reklama
ReklamaReklama beruvchilar uchun
Manba: teznews.uz
