Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Jamiyat

Oltin emblema va ikkita muzlatkich: BYD Rolls-Royceʼga raqibini koʻrsatdi

BYD uzunligi 5,6 metr boʻlgan, 24 karatli oltindan emblemasi bor elektr Yangwang Altiorʼni taqdim etdi. Xitoyda unga hozirdanoq taxminan 311 000 dollar evaziga buyurtma berish mumkin.

10-noyabr, 11:43

Yangwang Altiorʼning uzunligi 5,6 metrni tashkil etadi — bu Rolls-Royce Ghostʼdan ham uzunroq. Salonida vaznsizlik effekti beruvchi oʻrindiqlar, ikkita muzlatkich va 39 ta karnaydan iborat audio tizim oʻrnatilgan. Eshiklarda soyabonlar uchun boʻlmalar ham koʻzda tutilgan.

Avtomobil toʻrtta alohida elektr dvigatelga ega platforma asosida yaratilgan. Shu tufayli u tank kabi bir joyning oʻzida burila oladi. BYD, shuningdek, avtomobil tasodifan suvga tushib qolsa, suv yuzida tura olishini maʼlum qilmoqda.

Havo kanallarida harorat oʻzgarishlariga chidamli mineral — tabiiy jadeit elementlaridan foydalanilgan. Ular havoni samaraliroq tarqatish uchun moʻljallangan. Ikkinchi avlodning yangilangan Blade akkumulyatori Xitoyning CLTC sikli boʻyicha 1000 kilometrdan ortiq yurish zaxirasini taʼminlaydi.

Premium versiyaga Xitoyda hozirdanoq oldindan buyurtmalar qabul qilinmoqda. Uning narxi taxminan 311 000 dollarni tashkil etadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media