Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Siyosat

Bernhem Brexit muvaffaqiyatsiz boʻlganini tan oldi va YI bilan kelishuvni eʼlon qildi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Endi Bernhem Brexitni xato deb atadi va Yevropa Ittifoqi bilan yangi kelishuv tuzish niyatida ekanini maʼlum qildi. Guardian aniqlashicha, u kelishuv samarasini 22,5 milliard dollarga baholagan.

16-noyabr, 18:32
Wikimedia Commons · Number 10

Bernhem shu hafta Yevropa yetakchilari bilan oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi va yoshlar mobilligi sohalaridagi kelishuvlarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Uning hisob-kitoblariga koʻra, kelishuv Buyuk Britaniya yalpi ichki mahsulotini 0,4 foizga oshirishi mumkin.

U, shuningdek, hukumatning sobiq rahbari Boris Jonsonning Buyuk Britaniyaga oʻz qarorlari ustidan nazoratni qaytarish haqidagi vaʼdalarini tanqid qildi.

Shu bilan birga, yangi kelishuv mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qaytishini nazarda tutmaydi. London Yevropaning ayrim qoidalarini muhokama qilishda ishtirok eta oladi, biroq ularni qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega boʻlmaydi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media