Osiyo kubogi 2027 yil dekabriga koʻchirildi
AFC Saudiya Arabistonidagi Osiyo kubogi sanalari oʻzgarganini eʼlon qildi: turnir 2027 yil 7 yanvar–5 fevral oʻrniga 23 dekabr–2028 yil 21 yanvar kunlari oʻtkaziladi.
3-noyabr, 13:18

Wikimedia Commons · Zhou Guanhuai
Osiyo futbol konfederatsiyasi 3 noyabr kuni turnir sanalari koʻchirilganini maʼlum qildi. Qaror Osiyo kubogi tashkiliy qoʻmitasi va Saudiya futbol federatsiyasi bilan maslahatlashuvlardan soʻng qabul qilindi.
AFC taqvimdagi oʻzgarishni mintaqadagi vaziyat, logistika bilan bogʻliq qiyinchiliklar hamda transport qatnovidagi uzilishlar bilan izohladi. Yangilangan sanalar tasdiqlash uchun FIFAga yuboriladi.




