Spotify 2026 yil oxirigacha audiokitoblar xizmatini 180 mamlakatga kengaytiradi
Kompaniya yosh tinglovchilarni jalb qilish uchun yangi tillarni qoʻllab-quvvatlashni yoʻlga qoʻyadi va kitoblar katalogini kengaytiradi, deb xabar berdi Spotify.
Spotify 2026 yil oxirigacha audiokitoblar xizmatini striming servisi mavjud boʻlgan barcha 180 mamlakatga kengaytirishini eʼlon qildi. Hozirda audiokitoblar AQSh va Buyuk Britaniya ham kiradigan 22 mamlakatda oyiga $12,99 toʻlaydigan premium obunaga ega foydalanuvchilar uchun mavjud.
Audiobooks+ premium xizmati tinglash limitini 15 soatdan 30 soatgacha oshiradi. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, 1 milliondan ortiq foydalanuvchi allaqachon ushbu obunani rasmiylashtirgan, undan tushgan yillik daromad esa $100 mln ga yetgan. Platformadagi audiokitob tinglovchilarining qariyb yarmi 35 yoshdan kichik.
Spotify, shuningdek, qogʻoz kitobni oʻqish va uning audio versiyasini ayni sahifadan tinglash oʻrtasida almashish imkonini beruvchi Page Match funksiyasini ishga tushirdi. Ushbu funksiyadan foydalanuvchilar kitoblarni ikki baravar tezroq yakunlaydi, ularning uchdan ikki qismi esa 35 yoshdan kichik.


