Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 002,10EUR 13 166,30RUB 146,02Juma, 27-noyabr 2026-yil
Jamiyat

AQShda oʻlim jazolarini ijro etishni tezlashtirmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp oʻlim jazosi hukmlarini ijro etishni tezlashtirish rejalari borligini maʼlum qildi. Shuningdek, politsiyani kengaytirishga qariyb 150 mln dollar ajratilishini aytdi.

25-noyabr, 11:53
The White House / Wikimedia Commons

AQShda Tramp Adliya vazirligida nutq soʻzlab, vazirlikni bolalarga qarshi jinoyatlar, shuningdek, zoʻravonlik va odam savdosi bilan bogʻliq qotilliklar uchun sudlangan mahkumlarga oʻlim jazosi tayinlanishiga erishishga chaqirdi.

Bundan tashqari, u hududlardagi politsiya boʻlinmalarini kengaytirishga qariyb 150 mln dollar yoʻnaltirilishini maʼlum qildi. Bu mablagʻlar 1 000 nafardan ortiq xodimni ishga olish imkonini beradi.

Tramp Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusomning 540 nafardan ortiq mahkumga chiqarilgan oʻlim jazosi hukmlarini muddatidan oldin ozod qilish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga almashtirish haqidagi qarorini ham tanqid qildi. AQSh prezidenti shtat rasmiylari shu tariqa mahkumlar manfaatlarini halok boʻlganlar oilalarining huquqlaridan ustun qoʻyayotgan deb hisoblaydi.

Nyusom bu qarorni oʻlim jazosi Kaliforniyaning axloqiy tamoyillariga mos kelmasligi bilan izohladi. Shtatda bunday hukmlar 2006-yildan beri ijro etilmagan. Shu bilan birga, avvalgi referendumlarda aholining aksariyati oliy jazo chorasini saqlab qolishni yoqlagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media