Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi JCh startida Kot-dʼIvuarga yutqazdi
Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi 2026 yilgi U-17 JChning ilk oʻyinida Kot-dʼIvuarga 1:2 hisobida yutqazdi. Hal qiluvchi golni raqib 89-daqiqada urdi.
21-noyabr, 15:55

Kot-dʼIvuar 7-daqiqada Yao goli bilan hisobni ochdi. 51-daqiqada Hakimov hisobni tenglashtirdi, biroq Diarrassuba ikkinchi golni urib, Kot-dʼIvuar terma jamoasiga gʻalaba keltirdi.
Uchrashuv E guruhida boʻlib oʻtdi. Guruhning boshqa uchrashuvida Italiya Yamaykani 6:0 hisobida magʻlub etdi. U-17 Jahon chempionati Qatarda oʻtkazilmoqda.




