Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Iqtisodiyot

Investorlar IPOdan soʻng Anthropic aksiyalari oʻsishini kutmoqda

Claude neyrotarmogʻini ishlab chiquvchi Amerikaning Anthropic kompaniyasi Nasdaq birjasiga chiqishdan oldin potensial investorlar bilan uchrashuvlarni boshladi. Aksiyalarni ANT tickeri ostida joylashtirish rejalashtirilmoqda.

12-noyabr, 14:26

Kompaniyaning 10 noyabrdagi rasmiy bayonotiga koʻra, aksiyaning dastlabki narx diapazoni $70 dan $78 gacha etib belgilangan. Amaldagi aksiyadorlarga tegishli aksiyalarni ham qoʻshib hisoblaganda, jami 825 mln dona aksiya taklif qilinishi rejalashtirilmoqda.

Aksiyalar diapazonning yuqori chegarasidagi narxda joylashtirilsa, kompaniyaning umumiy qiymati taxminan $1,4 trln ga, taklif hajmi esa $64,35 mlrd ga yetishi mumkin.

Reuters maʼlumotlariga koʻra, Vanda Research tahlilchilari xususiy investorlarning kutilayotgan IPOga qiziqishi yuqori boʻlishini kutmoqda. Biroq savdolar boshlanishidan oldingi talab kotirovkalarning keyinchalik oʻsishini kafolatlamaydi.

Joylashtirishning yakuniy narxi hali belgilanmagan. Nasdaqdagi savdolar 2026 yil 19 noyabrda boshlanishi kutilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media