Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
RUUZEN
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
MB kursiUSD 12 023,61EUR 13 236,79RUB 145,54Seshanba, 17-noyabr 2026-yil
Madaniyat

Sothebyʼs Romanovlar tarixiga oid 300 dan ortiq buyumni savdoga qoʻyadi

Dekabr oyida Sothebyʼs auksionida A La Vieille Russie galereyasi kolleksiyasidan 300 dan ortiq sanʼat asari va tarixiy buyum taqdim etiladi. Ularning qiymati 15 mln dollardan oshiq deb baholangan.

12-noyabr, 21:53

Lotlar qatoridan imperatorlik kelib chiqishiga ega noyob buyumlar, jumladan, Romanovlar sulolasi vakillari bilan bogʻliq ashyolar ham oʻrin oladi. Ular orasida Faberge taqinchoqlari, Aleksandr III ga tegishli samovar va qadimiy ikonalar bor.

Barcha buyumlar Nyu-Yorkdagi A La Vieille Russie galereyasining kolleksiyasidan olingan. Lotlarning umumiy baholangan qiymati 15 mln dollardan oshadi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media