Oʻzbekiston Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasiga raislik qiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev jamgʻarmaga raislik qilish katta masʼuliyat ekanini taʼkidlab, mintaqadagi suv resurslari ustidan nazoratni kuchaytirishni taklif qildi.
Muharrir: Азиза9-oktabr, 18:26

commons.wikimedia.org — MODIS Land Rapid Response Team, NASA GSFC — Public domain
Условия / Shartlar / Terms
This image or video was catalogued by Goddard Space Flight Center of the United States National Aeronautics and Space Administration (NASA) under Photo ID: 2022-12-13. · Изменён размер и формат файла.Oʻzbekiston kelasi yildan boshlab Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasiga raislik qiladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev suv tanqisligi Markaziy Osiyo rivojiga toʻsqinlik qilayotganini taʼkidladi. U suv resurslarini raqamli monitoring qilishni joriy etish, irrigatsiya tizimlarini yangilash va suvni tejaydigan texnologiyalardan kengroq foydalanishni taklif qildi.
Davlat rahbari, shuningdek, mintaqa mamlakatlarini suvdan oqilona foydalanish boʻyicha Amaliy harakatlar oʻn yilligi tashabbusini amalga oshirishga chaqirdi.
Reklama
ReklamaReklama beruvchilar uchun
Manba: UzDaily


