SpaceX Nvidia chiplarini 40 mlrd dollarga sotib olishni moliyalashtirishni muhokama qilmoqda
Kompaniya grafik protsessorlardan garov sifatida foydalanishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Financial Times manbalarga tayanib.

Условия / Shartlar / Terms
https://cdn.openart.ai/uploads/image_01eluJ2__1696752889349_raw.jpg · Изменён размер и формат файла.SpaceX Nvidiaʼning grafik protsessorlarini 40 mlrd dollar evaziga sotib olishni moliyalashtirish uchun Apollo Capital Management va bir qator banklar bilan muzokara olib bormoqda. Bitim investitsion qarz bozori orqali tuzilishi mumkin. Kompaniya joriy yil iyun oyida bu bozorda 25 mlrd dollarlik obligatsiyalarini joylashtirgan edi.
Garov sifatida GPU chiplarining oʻzi koʻrib chiqilmoqda. Ularning qiymati hisoblash quvvatlari taqchilligi bilan qoʻllab-quvvatlanadi. Biroq investorlar yuqoriroq daromadlilikni talab qila boshladi, SpaceXʼning mavjud qarzi esa «keraksiz» obligatsiyalarga yaqin darajada savdo qilinmoqda.
Ilon Maskning soʻzlariga koʻra, SpaceX dekabr oxirigacha Colossus maʼlumot markazlaridagi Nvidia chiplar sonini 1,21 mln donaga yetkazishni rejalashtirmoqda. Hozir Colossusʼning birinchi markazida 230 000 ta chip, ikkinchisida esa 550 000 ta chip ishlatilmoqda.


